Yangilik 02.02.2026

ZARAR QOPLANDI!

УЩЕРБ ВОЗМЕЩЁН!

➡️ Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi oqibatida fuqaro K.T. boshqaruvidagi “Tracker” rusumli avtomobil fuqaro Y.B. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Mazkur holatda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” sug‘urta turi rasmiylashtirilganligi sababli, “Cobalt” avtomobili egasiga 7 239 050 so‘m miqdorida sug‘urta puli to‘lab berildi.

➡️ Shuningdek, fuqaro U.A. boshqaruvidagi “Damas-2 Labo” rusumli avtomobil yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida fuqaro S.M. boshqaruvidagi “Captiva-4” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Natijada, tegishli sug‘urta shartnomasi asosida “Captiva” avtomobili egasiga 14 000 000 so‘m miqdorida sug‘urta puli to‘lab berildi.

Do'stlaringiz bilan ulashing: