Muvaffaqiyatimizning huquqiy asosi
Kompaniyamiz faoliyati to‘liq qonuniy asoslarga ega bo‘lib, quyida davlat idoralari tomonidan berilgan rasmiy litsenziya va sertifikatlar bilan tanishishingiz mumkin.
Litsenziya
"KAFIL-SUG‘URTA" sug‘urta kompaniyasi o‘z faoliyatini 2022- yil 24- fevraldagi SF 00038- sonli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan cheklanmagan muddatga berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Sertifikat
"Ahbor-Reyting" reyting agentligi "barqaror" uzA++ prognozi bilan milliy shkala bo‘yicha to‘lov qobiliyati reytingini berilishini tasdiqlaydi. Ushbu reyting darajasi juda yuqori.
ISO 9001:2015
Sertifikatlashtirish organi CERT INTERNATIONAL s.r.o. sertifikatlashtirish tartib-qoidalariga muvofiq o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra, quyidagi sohalarda sifat menejmenti tizimi standarti ISO 9001:2015 “KAFIL SUG‘URTA” AJning sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish sug‘urta kompaniyasi talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Muvofiqlik sertifikati O'z DSt ISO 9001:2015
Milliy sertifikatlashtirish tizimining Davlat reestrida UZ.SMT.04.0010.00001423 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Muvofiqlik sertifikati “KAFIL SUG`URTA” AJni O`z DSt ISO 9001:2015 standartida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Kompaniyamiz Global Banking & Finance Review tomonidan taqdim etilgan “The Next 100 Global Awards 2025 – General Insurance” mukofotiga sazovor bo‘ldi
Moody's Investors Service reytingi
“Moody’s Investors Service” xalqaro reyting agentligi "KAFIL SUG`URTA" sug‘urta kompaniyasiga sug‘urtalovchining milliy va xorijiy valyutadagi moliyaviy barqarorligi reytingini “B1” darajasida belgiladi.
«2022-YIL BRENDI»
“KAFIL-SUGʻURTA” AJ Oʻzbekiston Marketing Assotsiatsiyasining VI mukofoti “2022-YIL BRENDI” gʻolibi
«2023-YIL BRENDI»
“KAFIL-SUGʻURTA” AJ Oʻzbekiston Marketing Assotsiatsiyasining VII mukofoti “2023-YIL BRENDI” gʻolibi