“Moody’s Investors Service” xalqaro reyting agentligi birinchi marta “KAFIL SUG‘URTA” AJga sug‘urtalovchining milliy va xorijiy valyutadagi moliyaviy barqarorligi reytingini “B2” darajasida, prognozini esa “Barqaror” sifatida belgiladi.
Moody’s Investors Service hisobotiga ko‘ra, “B2” reytingi kompaniyaning O‘zbekistonning rivojlanib borayotgan sug‘urta bozoridagi barqaror o‘rnini, sug‘urta mahsulotlarining diversifikatsiyalangan assortimentini, qabul qilingan risklarga nisbatan kuchli kapitallashuvini, shuningdek sug‘urta faoliyatidagi ishonchli tarixiy natijalarni aks ettiradi.
Shuni ta’kidlash joizki, kompaniyamizga xalqaro reyting berilgani uning ochiq faoliyat yuritishi va xalqaro sug‘urta bozoriga chiqish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi.
🔗 Moody’s o‘zining rasmiy saytida ham kompaniyamiz haqidagi ushbu ma’lumotni chop etdi. To‘liq o‘qish uchun — HAVOLA