Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)
news_in

10.05.2024

2024-yilning 16-aprel kuni fuqaro Y.T. «ВАЗ 2101» rusumli avtotransport vositasida Yakkasaroy tumani, O`rikzor ko`chasi bo`ylab harakatlanayotgan paytida, o`ziga nisbatan oldi tomonda to`xtab turgan fuqaro X.L. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashinasi bilan to`qnashgan. «Spark» avtotransport vositasi o`z inersiyasi orqali o`ziga nisbatan old tomonda harakatlanib turgan fuqaro M.U. boshqaruvidagi "Hyundai" rusumli avtomashinasi bilan to`qnashib, YTH sodir etgan.

«ВАЗ 2101» haydovchisi Y.T. oldindan «KAFIL-SUG`URTA» Kompaniyasida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta polisini rasmiylashtirganligi sababli, YTH oqibatida «Hyundai» rusumli avtomobil egasiga yetkazilgan 8 400 000 so`m sug‘urta tovon puli to‘lab berildi.

Mijozimiz bundan juda mamnun.

KAFIL-SUG`URTA - Har ehtimolga qarshi!
+99871 2000414 (24 soat)