2022 yilning 24-may kuni Bo`ka tumanida "Cobalt" rusumli avtomomashinasi ishtirokida YTH sodir bo'ldi.
Fuqaro T.M., "Cobalt" rusumli avtomashinasida Bo`ka tuman markaz tomonidan Bo`ka tumani Katta Ravot MFY xududi tomonga boshqarib borayotib, yo`lidan qora mol chiqib qolganligi sababli, yo`lning chap tomonida turgan betonga urilib YTH sodir etgan.
Ertasi kuni Kompaniyamizga “Cobalt” rusumli avtomashina egasi T.M. sug‘urta tovonini to‘lash talabi bilan murojaat qildi. Kompaniya xodimlari tomonidan shikastlangan mol-mulkni qayta tiklash ishlari narxini tezkorlik bilan hisoblab chiqildi va jabrlanuvchi tomonidan “Garovga qo‘yilgan transport vositasini sug‘urta qilish” sug‘urta polisimiz rasmiylashtirilganligi sababli unga 16 827 650,00 so`m sug‘urta tovon puli to‘lab berildi.
Mijozimiz bundan juda mamnun.
KAFIL-sug'urta - Har ehtimolga qarshi!
+99871 2000414 (24 soat)
www.kafil.uz