O‘quv darslarda:
🔘 Sug‘urtaning nazariy va huquqiy asoslari hamda iqtisodiyotdagi o‘rni;
🔘 Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq sug‘urta mahsulotlari, davlat majburiy sug‘urtasi;
🔘 Sug‘urta sohasida firibgarlikni oldini olish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar mavzulari batafsil yoritib berildi.
🔥 O‘quv seminarlar Toshkent viloyati filiali direktori N. Abduaxatov, "Sifat va marketing" departamenti direktori G. Ismailova, mutaxassisi G.Xudoyberdiyeva, "Moliyaviy tahlil" departamenti direktori A.Usmanov, "Kafil-Poytaxt" filiali menejeri A.Mamadaliyev, "Kafil-Exim" filiali menejeri A.Jurayevlar tomonidan olib borildi.
✅ O‘quv seminarlarni samarali va yuqori saviyada o‘tkazganligi hamda o‘zaro hamkorlik aloqalari uchun ishtirokchilar va kompaniya rahbariyati Ichki ishlar vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
😊 "KAFIL-SUG‘URTA" sug‘urta kompaniyasi tomonidan bilim va tajriba almashishga alohida e’tibor qaratib, mazkur yo‘nalishda targ‘ibot va tashviqot ishlarini muntazam ravishda amalga oshirish rejalashtirilgan.