Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

🌎 KAFIL-SUG‘URTA DWIC 2025da: Xalqaro aloqalar, strategik hamkorlik sari navbatdagi qadam!

news_in

05.05.2025

📍 Dubai World Insurance Congress (DWIC) — Sug‘urta va Qayta Sug‘urta sohasi uchun eng yirik xalqaro tadbirlardan biri sanaladi. Mamlakatimiz sug‘urta bozorini jahon maydonida namoyon etish maqsadida "KAFIL-SUG‘URTA" kompaniyasi vakillari ushbu nufuzli anjumanda faol ishtirok etishdi.

➡️DWIC 2025 doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar bilan muloqot qilindi, sohaviy yangiliklar bo‘yicha fikr almashildi hamda kelgusidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama etildi.

➡️ Xalqaro sug‘urta bozori bilan mustahkam aloqalar, bilim va tajriba almashinuvi — kompaniyamiz uchun muhim ustuvorlik hisoblanadi.

🥰 "KAFIL-SUG‘URTA" xalqaro maydonda faol ishtiroki orqali mamlakatimiz sug‘urta bozorining rivojiga munosib hissa qo‘shishda davom etadi!