Davlat ramzlari xalqimiz uchun yuksak qadriyatdir. Chunki ular millatning tarixiy xotirasi, mustahkamligining ramzi va taraqqiyot sari intilishining ifodasidir.
🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi. 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan davlat bayrog‘i — mamlakat suverenitetining ifodasi bo‘lib, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rnini beqiyos sharaf bilan namoyon etib kelmoqda.
😊 “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan muborakbod etadi.
🇺🇿 Bayrog‘imiz doimo osmonimizda hilpirab, yurtimizga barqarorlik va taraqqiyot olib kelsin.