Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

Qurilish-montaj qaltisliklaridan sug'urta qilish

for_individuals_in

Qurilish-montaj qaltisliklaridan sug'urta qilish

Har qanday qurilish, montaj ishlarini amalga oshirish, kapital ta'mirlash, binolarni rekonstruktsiya qilish va qurish jarayonida qurilish ishtirokchilariga, ushbu obyektlarga yoki uchinchi shaxslarga zarar yetkazish xavfi katta.

Biz har bir mijozning shaxsiy talabiga binoan sug'urta dasturini taklif qilamiz va barcha holatlarni hisobga olib sug'urta himoyasi taqdim etiladi.

 

Sug'urta hodisasiga nimalar kiradi?

Sug’urtalovchilar Sug’urta qildiruvchining mulkiy manfaatlarini quyidagi xatarlar oqibatida mulki shikastlanishi yoki yo’qotilishidan sug’urta himoyasini taqdim etadi:

- yong’in, chaqmoq, portlash, uchuvchi apparatlarning qulashi, o’z-o’zidan yonish;

- o’g‘irlik va uchinchi shaxslarning qasddan sodir etgan harakatlari;

- suv toshqini va suv bosqini, quvurlarning yorilishi;

- bo’ron, dovul;

- zilzila, sel, ko’chki, tuproqning cho’kishi, o’pirilish, qulash;

- qisqa tutashuv, ortiqcha kuchlanish, elektr yoylari;

- mashina va mexanizmlar, qurilish materiallari va konstruktsiyalarini qulab tushishi;

- nuqsonli materiallar va konstruktsiyalarni ongsiz ravishda qo’llashdan ko’rilgan zarar;

- qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslar oldida fuqarolik javobgarligini paydo bo’lishi.

 

Sug'urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Zararni oldini olish yoki kamaytirish uchun choralar ko'ring.

Kompaniya Call-markazi 71-200-04-14 raqamiga qo'ng'iroq qiling.

Sug’urta hodisasini tasdiqlovchi mutasaddi tashkilotlarning hujjatlarini taqdim eting.

Bizga barcha rejalar, spetsifikatsiyalar, hisob-fakturalar va boshqa kerakli hujjatlarni taqdim eting.

Zarar bilan bog'liq barcha xatlar, da'volar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni yuboring.