Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

Xorijga chiquvchi shaxslarni sug'urta qilish (jismoniy shaxslarga)

for_individuals_in

Kutilmagan vaziyatlar sizni to'xtatishiga yo'l qo'ymang!

Sayohat qilishni yaxshi ko'radiganlar uchun, shuningdek ishbilarmon odamlar uchun biz sayohatni sug'urtalashning keng qamrovli dasturini ishlab chiqdik.

Safaringiz davomiyligiga, sug'urta hududiga va sug'urta xatarlariga qarab, biz sizga turli xil dasturlarni taklif etamiz.

Biz sizni sayohat davrida paydo bo'ladigan kasalliklardan, hattoki COVID-19 infektsiyasidan ham himoya qilamiz.

Biz nimalarni qoplaymiz?

Shoshilinch ambulator va statsionar davolash

Shoshilinch stomatologik yordam

Qarovsiz qolgan va voyaga etmagan bolalarning uyiga qaytishini

Tibbiy evakuatsiya va repatriatsiya

Qidiruv-qutqaruv ishlari

Dori-darmonlarni sotib olish

Sug'urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Har qanday qulay yo'l bilan sug`urta polisida ko’rsatilgan Assistant xizmatiga murojaat qiling.

Operatorlarga o’zingiz haqingizdagi ma`lumotlarni bering.

Qayerda, nima sodir bo'lganligini xabar qiling.

Operatorning ko'rsatmalariga rioya qiling.

Yuqorida keltirilgan ketma-ketliklarni amalga oshirsangiz, albatta Sizga kerakli yordam ko'rsatiladi.

Agar assistans xizmati bilan bog‘lana olmasangiz, bizga xabar bering va Oʻzbekistonga kelganingizda sugʻurta qoplamasini olishingiz mumkin.