Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

Transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (E-POLIS)

for_individuals_in

Transport vositalari egalarini fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish TVEFJMSQ

Ushbu sug'urta turi O’zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagiTransport vositalari egalarini fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish to’g’risidagi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi Transport vositalari egalarini fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi 141-sonli Qarori asosida ishlab chiqilgan.

Sizning aybingiz bilan yuzaga kelgan baxtsiz hodisada uchinchi shaxslarning salomatligi, hayoti va mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash uchun mo'ljallangan.

Sug'urta hodisasiga nimalar kiradi?

Sizning aybingiz bilan sodir bo'lgan baxtsiz hodisada uchinchi shaxslarning sog'lig'i, hayoti va mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash.

Sug'urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Yo’l transport hodisasi sodir bo'lgan joyda avtomobilni harakatlantirmang, favqulodda vaziyat chirog’ini yoqing va ogohlantirish uchburchagini o'rnating.

Sodir bo’lgan hodisa haqida tegishli davlat organiga xabar bering.

Agar jabrlanganlar bo'lsa, tez yordamga qo'ng'iroq qiling.

Kompaniyaning call-markaziga (71-200-04-14) sug`urta hodisasi ro`y berganligi to`g`risida 72 soat Ichida xabar bering.