Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish (IBFJMSQ)

for_individuals_in

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish

Ushbu sug'urta turi ishchilarning hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazadigan va uning bevosita mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq holda sodir bo'ladigan baxtsiz hodisa yuz berganda ish beruvchining mulkiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bu sug'urta turi ishchilarning ish paytida olgan tan jarohati, kasb kasalliklari yoki sog'lig'iga yetkaziladigan boshqa jismoniy zararlarni o'z ichiga oladi.

Nimalardan sug`urtalashimiz mumkin?

Sug'urta shartnomasini tuzish ish beruvchiga ish joyida xodimning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplash uchun javobgarlik yuzaga kelgan paytda ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini beradi.

Sug'urta hodisasiga nimalar kiradi?

Ish davomida xodimning olgan jarohati, kasb kasalligi yoki sog'lig'iga boshqa zarar yetkazilishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplash uchun ish beruvchining fuqarolik javobgarligi belgilangan tartibda o'z zimmasiga olishi.