Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 20.06.2025

e-Polis tizimi amaliyotga joriy etilmoqda

propaganda Banner

2020 yil 14 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 780-sonli «Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Joriy yilning 29 mart kuni yuqoridagi Qaror ijrosini ta'minlash, E-polis tizimini joriy etish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar va muammolarni bartaraf etish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi rahbarlari va mutasaddilari, to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi rahbari, O‘zbekiston sug‘urtalovchilar assosiasiyasi rahbari hamda sug‘urta kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash turi bo‘yicha elektron polis tizimini amaliyotga joriy etish yuzasidan masalalar muhokama etildi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring