Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 23.09.2026

YOSHLAR BILAN MULOQOT — KASBIY RIVOJLANISH SARI YANGI QADAM!

propaganda Banner

Yoshlarni sug‘urta sohasi bilan yaqindan tanishtirish, ularning kasbiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash maqsadida “KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan uchrashuvlar muntazam tashkil etilmoqda.

🔘 Joriy yilning 22–23-sentabr kunlari “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Malaka oshirish markazi direktori v.v.b. Sh. Mamadaliyev tomonidan Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalariga tashriflar amalga oshirildi.

Farg‘onada Jamiyatning Farg‘ona filiali direktori M. Hakimov ishtirokida Farg‘onadagi Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti (TMII) talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Shuningdek, Namangan viloyatida Jamiyatning Namangan filiali direktori Sh. Nuraliyev bilan birgalikda Namangan davlat pedagogika instituti hamda Namangan biznes universitetining bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida talabalarga sug‘urta sohasining bugungi kundagi ahamiyati, “KAFIL-SUG‘URTA” AJ faoliyati, sohadagi zamonaviy kasblar va professional rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🎯 Ayniqsa, yoshlarga Jamiyatda pullik stajirovka o‘tash, amaliy tajriba orttirish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini ish jarayonida sinab ko‘rish hamda kelgusida professional faoliyatini sug‘urta sohasida davom ettirish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Muloqotlar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, sug‘urta kompaniyasidagi real ish jarayonlari, kadrlarga qo‘yiladigan talablar va yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

😊 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ yoshlarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliy muhitga jalb etish hamda istiqbolli yosh kadrlarni sug‘urta sohasiga yo‘naltirishga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring