BILIM VA AMALIYOT O‘RTASIDA YANGI MULOQOT MAYDONI
Joriy yilning 11-sentabr kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJ “Malaka oshirish” markazi vakili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida talabalar bilan sug‘urta sohasining bugungi iqtisodiyotdagi o‘rni, sohada shakllanayotgan yangi kasbiy yo‘nalishlar hamda yosh mutaxassislar uchun mavjud imkoniyatlar xususida mazmunli muloqot o‘tkazildi.
⏺ Ayniqsa, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, talabalarda moliyaviy va sug‘urtaviy bilimlarni kengaytirish, shuningdek, ularni zamonaviy mehnat bozori talablari bilan yaqindan tanishtirishga alohida e’tibor qaratildi.
💡 Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha vakillaridan bevosita javob olish, sug‘urta kompaniyasi faoliyati va undagi kasbiy o‘sish imkoniyatlari haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.
⚡️ Bunday uchrashuvlar ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlab, yoshlarning kelgusida o‘z kasbiy yo‘nalishini ongli tanlashi va yangi imkoniyatlarni kashf etishiga xizmat qiladi.
😊 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning professional salohiyatini rivojlantirish va sug‘urta sohasida yangi avlod mutaxassislarini shakllantirishga qaratilgan tashabbuslarni davom ettiradi.