Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 09.09.2026

YOSHLAR BILAN HAMKORLIK — ISTIQBOLLI KADRLAR SARI YANGI QADAM!

propaganda Banner

Joriy yilning 9-sentabr kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakillari tomonidan International School of Finance Technology and Science (ISFT) institutiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida institut talabalari bilan ochiq muloqot va master-klass tashkil etilib, yoshlarga sug‘urta sohasining bugungi kundagi ahamiyati, sohadagi zamonaviy yo‘nalishlar, kasbiy o‘sish imkoniyatlari hamda mehnat bozorida talab etiladigan ko‘nikmalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

◾️ Uchrashuvning asosiy maqsadlaridan biri — talabalarda sug‘urta sohasiga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ularning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish hamda kelajakda o‘z kasbiy faoliyatini mazkur yo‘nalish bilan bog‘lash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, talabalarga “KAFIL-SUG‘URTA” AJdagi karyera va professional rivojlanish imkoniyatlari, yosh mutaxassislar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kompaniya faoliyatida bilimli va tashabbuskor kadrlarning o‘rni haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

◾️ Ochiq muloqot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, soha mutaxassislaridan bevosita javob olish, amaliy tajriba va tavsiyalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

😊 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish va sug‘urta sohasiga yangi avlod mutaxassislarini jalb etishga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring