Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 08.09.2026

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — KELAJAK MUTAXASSISLARI SARI MUHIM QADAM!

propaganda Banner

Joriy yilning 8-sentabr kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari — Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori U. Djanturaev hamda “Malaka oshirish” markazi menejer kichik assistenti Sh. Mamadaliyev tomonidan Toshkent menejment va iqtisodiyot institutiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif doirasida yangi o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan yoshlar hamda institutning boshqa talabalari ishtirokida master-klass va ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida U. Djanturaev tomonidan sug‘urta sohasining bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, ushbu yo‘nalishdagi zamonaviy imkoniyatlar, kasbiy rivojlanish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarning sug‘urta sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mazkur yo‘nalishda bilim va tajriba orttirishga undash, istiqbolli talabalarni kompaniya faoliyatiga jalb etish hamda kelajakdagi karyera imkoniyatlari bilan tanishtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Master-klass davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, soha vakillari bilan bevosita fikr almashdilar hamda sug‘urta tizimining amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.

🤝 “KAFIL-SUG‘URTA” AJ yoshlarning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va sug‘urta sohasiga yangi, bilimli hamda tashabbuskor kadrlarni jalb etishga qaratilgan loyihalarni izchil davom ettiradi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring