Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 19.05.2026

“KAFIL-SUG‘URTA” AJda sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish va moliyaviy barqarorlik masalalari muhokama qilindi

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJda sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish jarayonlari, sug‘urta tovonlari to‘lovlari, moliyaviy tahlillar, huquqiy ekspertiza, soxtakorlik holatlarining oldini olish hamda hududiy filiallardagi ish samaradorligi yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil I choragi davomida jamiyat tomonidan jami 2 427 ta sug‘urta da’vo ishlari qabul qilinib, ularning 2 417 tasi Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Shundan:
➡️ 2 358 ta mijoz bo‘yicha 16,8 mlrd so‘mlik sug‘urta tovonlari to‘lash yuzasidan qaror qabul qilindi;
➡️ 12,9 mlrd so‘mlik sug‘urta tovonlari to‘lab berildi;
➡️ To‘langan sug‘urta tovonlarining kelib tushgan da’volarga nisbati 97,6 foizni tashkil etdi.

Tahlillarga ko‘ra, da’volar soni oshganiga qaramasdan, sug‘urta to‘lovlari hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga kamaygani qayd etildi. Bu esa jamiyatda moliyaviy barqarorlik va nazorat mexanizmlari samaradorligi oshganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, huquqiy va moliyaviy tahlillar natijasida 59 ta asossiz da’vo ishlari rad etildi hamda 3,3 mlrd so‘m miqdoridagi asossiz sug‘urta tovonlari to‘lanishining oldi olindi.

Sug‘urta sohasida soxtakorlik holatlarining oldini olish, huquqiy nazoratni kuchaytirish, hududiy filiallardagi ish sifatini oshirish hamda zamonaviy raqamli tizimlarni joriy etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan mijozlar murojaatlarini qonuniylik, xolislik va tezkorlik tamoyillari asosida ko‘rib chiqish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda shaffof va ishonchli faoliyat yuritish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: