Islomiy moliya sohasidagi zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi
Joriy yilning 16-may kuni “Hayot Bank Qadriyatli” tomonidan “O‘zbekistonda islomiy banking: biznes uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Tadbir doirasida islomiy moliyaning O‘zbekistondagi rivojlanish istiqbollari, huquqiy asoslari va amaliyotdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Konferensiyada islomiy banklar, takaful, sukuk va islomiy depozitlar kabi yo‘nalishlar bo‘yicha muhim mavzular muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro ekspertlar tomonidan sohaning jahon tajribasi, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni hamda mamlakatimizdagi rivojlanish imkoniyatlari alohida ta’kidlandi.
Mazkur konferensiyada «KAFIL-SUG‘URTA» AJ vakillari — Boshqaruv raisi o‘rinbosari, Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish departamenti direktori Mo‘minov Farxad Azimovich hamda Muzaffar Egamberganov faol ishtirok etdilar.
➡️ Shariat qoidalariga muvofiq moliyaviy tizim
➡️ Shaffof va halol moliyaviy munosabatlar
➡️ Sug‘urta va moliya sohasida zamonaviy yondashuvlar
➡️ Xalqaro tajribani milliy bozorga tatbiq etish
kabi mavzular tadbir markazida bo‘ldi.
«KAFIL-SUG‘URTA» AJ moliya va sug‘urta sohasida zamonaviy yondashuvlar hamda ishonchli xizmatlarni rivojlantirishga doimiy e’tibor qaratadi.