Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 21.04.2026

“KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi tomonidan “KAFIL-SUG‘URTA GRANTI” tanlovi e’lon qilinadi.

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA GRANTI”

Tanlovini o‘tkazish tartibi

“KAFIL-SUG‘URTA GRANTI” tanlovi respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish, ularning iqtisodiyot, moliya va axborot texnologiyalari sohalaridagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etiladi.

Tanlovda respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi.


1-bosqich

Nomzodlar har o‘quv yilining 1-maydan 30-mayga qadar tanlov@kafil.uz elektron pochta manzili orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • rezyume;
  • reyting daftarchasi (Academic Transcript) nusxasi.

Taqdim etilgan hujjatlar 5 ish kuni davomida komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • o‘quv natijalari (yuqori reyting ko‘rsatkichi);
  • til bilish darajasi;
  • “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasining rasmiy ijtimoiy tarmoqlariga (Telegram va boshqa platformalar) obuna bo‘lganligi. 

2-bosqich

Ikkinchi bosqich 1–10-iyun kunlari onlayn va oflayn shaklda og‘zaki suhbat tarzida o‘tkaziladi.

Suhbat davomida nomzodning:

  • bilim darajasi;
  • fikrlash qobiliyati;
  • qiziqishlari va kelajak rejalari;
  • shaxsiy sifatlari baholanadi.

Shuningdek, nomzodning kelgusida kompaniyada faoliyat yuritish istagi ham inobatga olinadi.

 


 

G‘oliblarni aniqlash mezonlari

Quyidagi ko‘rsatkichlarga ega nomzodlarga ustunlik beriladi:

  • ACCA va boshqa xalqaro sertifikatlar;
  • Big Data bilan ishlash ko‘nikmalari;
  • IELTS va boshqa til sertifikatlari;
  • respublika yoki xalqaro olimpiadalarda ishtirok.

Tanlov natijalari

Tanlov g‘oliblari:

  • belgilangan miqdorda stipendiya bilan taqdirlanadi;
  • kompaniyada amaliyot o‘tash yoki ish faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tanlov natijalari oliy ta’lim muassasalari hamda kompaniyaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qilinadi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: