Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 18.02.2026

Kelajak mutaxassislari bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

propaganda Banner

Zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlash barqaror taraqqiyotning muhim omilidir. Shu nuqtai nazardan ta’lim muassasalari bilan samarali aloqalarni kengaytirish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

“KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi hamda Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuv yoshlarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ularni sug‘urta sohasining amaliy jihatlari bilan yaqindan tanishtirish hamda istiqbolli bitiruvchilar uchun aniq imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida:
➡️ talabalar uchun amaliy mashg‘ulot va stajirovkalar tashkil etiladi;
➡️ sohaviy mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkaziladi;
➡️ iqtidorli yoshlarni kompaniya faoliyatiga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi;
➡️ nazariy bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi amaliy tajriba shakllantiriladi.

Ushbu memorandum ta’lim muassasasi va ish beruvchi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, yosh mutaxassislarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish hamda sug‘urta sohasida salohiyatli kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: