Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 18.02.2026

Bilim — samarali boshqaruvning mustahkam asosi!

propaganda Banner

Kasbiy bilim va boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirish maqsadida “KAFIL-SUG‘URTA” AJning hududiy filial direktorlari malaka oshirish kurslarida ishtirok etdilar.

Mazkur o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan o‘rta boshqaruv organlari xodimlari uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, huquqiy bilimlarni chuqurlashtirish hamda boshqaruv amaliyotini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirishga qaratilgan.

Kurslarda ishtirok etganlar:

Qashqadaryo viloyati filiali direktori — Xalikov Adham Davronovich
Navoiy viloyati filiali direktori — To‘rayev Zafarjon Ergashovich
Farg‘ona viloyati filiali direktori — Hakimov Muzaffarjon Erkinjonovich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 108-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan malaka oshirish kurslari doirasida o‘quv dasturi to‘liq o‘zlashtirildi va yakuniy baholash natijalariga ko‘ra sertifikatlar topshirildi.

Mazkur malaka oshirish jarayoni filiallar faoliyatida huquqiy aniqlikni ta’minlash, boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish hamda ish jarayonlarini yanada tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: