Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 19.01.2026

Qo‘qon universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

propaganda Banner

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan qaror va farmonlari ijrosi doirasida KAFIL-SUG‘URTA tomonidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu doirada Farg‘ona viloyati filiali direktori M. Hakimov hamda “Malaka oshirish” markazi menejeri Sh. Mamadaliyev tashabbusi asosida Qo‘qon universitetiga tashrif buyurildi. Tashrif yakunida KAFIL-SUG‘URTA va Qo‘qon universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumning asosiy maqsadi universitet bitiruvchilarini kompaniyadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, sug‘urta sohasida faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlashdan iborat.

Hamkorlik doirasida talabalarning amaliyot o‘tashi, ularning kasbiy malakasini oshirish, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni yetishtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu tashabbus yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda sug‘urta sohasiga malakali kadrlarni jalb etishga xizmat qiladi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: