"KAFIL-SUG‘URTA" — talabalarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi tashabbus
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ va Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti o‘rtasida imzolangan memorandum asosida universitet talabalari uchun amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar “Malaka oshirish” markazi direktori Jalilov Mirshod Burxanovich hamda Toshkent viloyati filiali direktori Abduaxatov Nodirbek Ravshanovich tomonidan tashkil etildi.
Uchrashuvda talabalarga:
- sug‘urta bozorining rivojlanish yo‘nalishlari va undagi asosiy jarayonlar;
- sug‘urta sohasida karyera qurish imkoniyatlari;
- sug‘urta agentlari tayyorlash jarayoni va bu yo‘nalishda yoshlar uchun mavjud istiqbollar;
- amaliy tajriba bilan bog‘liq misollar hamda kasbiy o‘sishga oid tavsiyalar yetkazildi.
Ushbu tashabbus talabalarning bilim doirasini kengaytirish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va sug‘urta sohasiga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.
“KAFIL-SUG‘URTA” — yosh avlodning kasbiy salohiyatiga tayanadigan kompaniya.