Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 03.12.2025

“KAFIL-SUG‘URTA” AJda agentlar uchun amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi!

propaganda Banner

Noyabr–dekabr oylarida universitetlarga tashriflar asosida saralangan agentlar jamoasi uchun kompaniyaning “Malaka oshirish” markazida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot Boshqaruv raisi o‘rinbosari — “Xodimlar bilan ishlash” departamenti direktori — Djanturaev Umidjon Muxammadyusupovich boshchiligida amalga oshirilib, unda kompaniyaning xizmat madaniyati, xulq-atvor me’yorlari, sug‘urta madaniyati va agentlik faoliyatidagi asosiy vazifalar tushuntirildi.

Mashg‘ulot ishtirokchilar uchun agentlik faoliyatiga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘lib, ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, bozor talablarini anglash va sug‘urta sohasida to‘g‘ri yo‘nalish tanlashiga qo‘shimcha turtki berdi.

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ yoshlar uchun amaliy tajriba va zamonaviy bilimlarni oshirishga qaratilgan loyihalarni izchil davom ettiradi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: