Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 03.12.2025

Yoshlar bilan ochiq muloqot: sug‘urta savodxonligini oshirish bo‘yicha tashriflar davom etmoqda

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ yoshlar o‘rtasida sug‘urta savodxonligini oshirishni amalda davom ettirmoqda. Shu maqsadda noyabr–dekabr oylarida kompaniyaning “Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish” departamenti, “Malaka oshirish” markazi, “Markaziy” hamda “KAFIL-HIMOYA” filiallari vakillari bir qator oliy ta’lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – Xitoy tili filologiyasi fakulteti,
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, sug‘urta bozorining joriy holati, sug‘urta agentlarini shakllantirish jarayoni, sug‘urta xizmatlarining amaliy ahamiyati, kompaniyadagi asosiy bo‘limlar va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar kompaniyaning ichki ish jarayonlari va kelgusida kasbiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari bilan tanishdi.

Tashriflar natijasida talabalardan iborat yangi agentlar jamoasi shakllantirildi va ular bilan o‘quv mashg‘ulotlari hozirgacha muntazam davom ettirilmoqda.

“KAFIL-SUG‘URTA” yoshlar bilan ishlashga qaratilgan tashabbuslarini izchil davom ettirib, sug‘urta sohasida bilimli va faol avlodni tayyorlashga hissa qo‘shishda davom etadi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: