Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 01.12.2025

Qashqadaryoda talabalar uchun amaliy seminar

propaganda Banner

2025-yil 18-noyabr kuni “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi tomonidan Qashqadaryo viloyatida sug‘urta sohasiga qiziqqan yoshlar uchun amaliy seminar o‘tkazildi. Uchrashuv Qarshi davlat texnika universiteti talabalarining ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

➡️ Seminar davomida “Malaka oshirish” markazi direktori Jalilov Mirshod Burxonovich hamda Qashqadaryo viloyati filiali direktori Xalikov Adham Davronovichlar ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordilar.

Seminar doirasida quyidagi masalalar yoritildi:
✅ Sug‘urta agentlarini tayyorlash jarayonining amaliy bosqichlari;
✅ Agentlik faoliyati bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirish;
✅ Amaliy mashg‘ulotlar orqali talabalar bilim va tajribasini oshirish;
✅ Yangi agentlar guruhining shakllantirilishi.

📚 Uchrashuv davomida yoshlarga sug‘urta sohasining bugungi talablari, malaka oshirish imkoniyatlari hamda kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan amaliy yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

😊 “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi yoshlarning sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelajak agentlarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: