“KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasida ta’lim va kasbiy o‘sish har bir xodim uchun ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.
Joriy yilning avgust oyida “Investitsiya va korporativ aloqalar” departamenti direktori Shakirov Utkirbek Taxirovich “Yangi bozorlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi milliy markaz”ida tashkil etilgan malaka oshirish kursini ikkinchi bosqich talablariga asosan muvaffaqiyatli yakunladi va rasmiy diplom bilan taqdirlandi.
Ta’lim “Qimmatli qog‘ozlar bozori va aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv” yo‘nalishida 330 soatlik dastur asosida tashkil etilgan bo‘lib, Utkirbek Taxirovich bitiruv referatini “A’lo” bahosi bilan yoqlab, imtihonni ham muvaffaqiyatli topshirdi.
Bu kurs korporativ boshqaruvda strategik yondashuv, qimmatli qog‘ozlar bozorida faol ishtirok va aksiyadorlik jamiyatlaridagi moliyaviy boshqaruvni yanada samarali tashkil etishga zamin yaratadi.
Shakirov Utkirbek Taxirovichni ushbu natijasi bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida yanada yuksak zafarlar tilaymiz!