Yangilik 24.11.2026

ZARARLAR QOPLANDI!

ВЫПЛАТЫ ПРОИЗВЕДЕНЫ!

Yo‘l-transport hodisalari kutilmagan moddiy zararlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda sug‘urta polisi moliyaviy yo‘qotishlarni qoplashda ishonchli himoya bo‘lib xizmat qiladi.

❗️ 1-holat

Fuqaro S.T. boshqaruvidagi “LACETTI” rusumli avtomobil yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan vaqtda haydovchi old chap eshikni to‘satdan ochib yuborishi oqibatida fuqaro I.D. boshqaruvidagi “TRACKER 2” rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

📊 Sug‘urta polisi asosida “TRACKER 2” rusumli avtomobilga yetkazilgan zarar va baholash xarajatlari uchun 15 079 210 so‘m miqdorida sug‘urta tovoni to‘lab berildi.

❗️ 2-holat

Fuqaro O.J. boshqaruvidagi “NEXIA 3” rusumli avtomobil ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqish vaqtida chap tomondan harakatlanib kelayotgan fuqaro S.S. boshqaruvidagi “COBALT” rusumli avtomobil bilan to‘qnashdi.

📊 Sug‘urta polisi asosida “COBALT” rusumli avtomobilga yetkazilgan zarar va baholash xarajatlari uchun 9 203 200 so‘m miqdorida sug‘urta tovoni to‘lab berildi.

🔗 Mazkur 2 ta sug‘urta hodisasi bo‘yicha “KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan jami 24 282 410 so‘m miqdorida sug‘urta tovoni to‘lab berildi!

😊 “KAFIL-SUG‘URTA” – har ehtimolga qarshi!
☎️ +998712000414

Do'stlaringiz bilan ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring