2023 yilning 06-aprel kuni Toshkent shahrida sug'urta hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Bog`ishamol ko`chasi bo`ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro K.X. boshqaruvidagi "Captiva" rusumli avtotransport vositasida, R.M. boshqaruvida bo`lgan "Matiz" rusumli avtomashinasi bilan to`qnashib YTH sodir etgan. YTH oqibatida har ikki tomon ham zarar ko'rdi.
"Matiz" haydovchisi R.M. oldindan "KAFIL-SUG`URTA" Kompaniyasida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta polisini rasmiylashtirganligi sababli, YTH oqibatida "Captiva" rusumli avtomobil egasiga yetkazilgan moddiy zarar Kompaniya tomonidan butunlay qoplab berildi.
Mijozimiz bundan juda mamnun.
KAFIL-SUG’URTA - Har ehtimolga qarshi!
+99871 2000414 (24 soat)
www.kafil.uz