Yangilik 22.09.2023

YANA BIR HAMKORLIK ALOQALARI YO`LGA QO`YILDI.

НАЛАЖЕНО ЕЩЕ ОДНО СОТРУДНИЧЕСТВО.

2023-yilning 19-sentabr kuni “KAFIL SUG`URTA” AJ va “ALFA INVEST SUG`URTA KOMPANIYASI” AJ o`rtasida o`zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Memorandum imozlash marosimida “KAFIL SUG`URTA” AJ Boshqaruv raisi Аrtiqov Furkat Azamjanovich, boshqaruv raisi o’rinbosari Djanturaev Umid Muhammadyusupovich hamda “ALFA INVEST SUG`URTA KOMPANIYASI” AJ Bosh direktori Axmetova Inessa Yuryevna, bosh direktor o`rinbosarlari Xusanov Abdullatif Abdugapurovich va ikki kompaniya vakillari ishtirok etishdi.  

Memorandum imozlanishidan asosiy maqsad Ozbekiston sug`urta bozorida o`z o`rniga ega bo`lgan ikki yirik sug`urta kompaniyalari xodimlari o`rtasida o`zaro tajraba almashish, xodimlar kasbiy malakalarini oshirib borish shu bilan birga ish samaradorligini oshirishga qaratilgan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash orqali mijozlarga ko`rsatilayotgan sug`urta xizmatlari sifatini yanada oshirishdan iboratdir.

Do'stlaringiz bilan ulashing: