Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

"KAFIL SUG‘URTA" KOMPANIYASI BAXTSIZ HODISADA VAFOT ETGAN XODIM UCHUN 566 MLN SO‘M SUG‘URTA TOVONI TO‘LADI

news_in

04.12.2024

Yirik ishlab chiqarish tashkilotlaridan birida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida xodim A.I. mehnat vazifasini bajarish paytida vafot etdi. Xodimning ish beruvchisi o‘z ishchilarining huquqiy himoyasini ta’minlash maqsadida fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilgan edi. Shu bois "KAFIL SUG‘URTA" kompaniyasi marhumning naf oluvchilariga 566 mln so‘m sug‘urta tovoni to‘lab berdi.  

Biz marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.  

"Biz Sizni baxtsiz hodisadan asray olmasligimiz mumkin, ammo og‘ir damlarda yordam berishga doim tayyormiz!"

"KAFIL SUG‘URTA" – har ehtimolga qarshi!  
📞 +99871 2000414 (24 soat)