Joriy yilning 3–5-iyun kunlari “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasi xodimlari va hududiy filial rahbarlari ishtirokida tarixiy Xiva shahriga xizmat safari uyushtirildi. Tashrif doirasida kompaniyaning asosiy strategik yo‘nalishlariga mos ravishda bir qator mazmunli tadbirlar amalga oshirildi:
➡️ Yangi filial binosi foydalanishga topshirildi.
Xiva shahrida zamonaviy va qulay infratuzilmaga ega bo‘lgan yangi filial binosi mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida ishga tushirildi. Bu hududda sug‘urtaga bo‘lgan talabni yanada samarali qondirish imkonini beradi.
➡️ Sug‘urta madaniyatini oshirishga qaratilgan yig‘ilish va seminar o‘tkazildi.
Tadbirda hududiy filial rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etib, aholi o‘rtasida sug‘urta va moliyaviy savodxonlikni kengaytirish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
➡️ Xodimlar uchun madaniy sayohat tashkil etildi.
Xivaning boy tarixiy merosini o‘rganish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida xodimlar uchun madaniy tadbirlar va ekskursiyalar uyushtirildi.
➡️ Ijtimoiy loyihalar doirasida sunnat to‘yi marosimi o‘tkazildi.
Bog‘ot tumanidagi ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun tashkil etilgan sunnat to‘yi marosimida kompaniya rahbariyati, viloyat va tuman hokimligi vakillari ishtirok etdi.
➡️ Tashrif yakunida 21 yillik faoliyatga bag‘ishlangan tantanali bayram bo‘lib o‘tdi.
Sayohatning so‘ngi kunida Kompaniyamiz tashkil etilganligining 21 yilligini munosib nishonlash va xodimlarimizni dam olishlarini mazmunli tashkil etish borasida tashkil etilgan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tashrif “KAFIL-SUG‘URTA” kompaniyasining asosiy maqsadlari – xizmatlar sifatini oshirish, aholining sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.
“KAFIL-SUG‘URTA” – har ehtimolga qarshi!