Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

"KAFIL SUG'URTA GRANTI" tanlovi natijalariga oz qoldi!

news_in

26.04.2024


Xabaringiz bor, "KAFIL SUG'URTA" kompaniyasi tomonidan Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining barcha talabalari hamda magistrantlari uchun "KAFIL SUG‘URTA GRANTI" tanlovi eʼlon qilingan edi. 

✅Tanlovda qatnashish uchun umumiy 280 nafar talaba ro'yxatdan o'tgan bo`lib, Ikki bosqichdan iborat bo'lgan tanlovda eng iqtidorli 20 nafar talaba saralab olindi.

📆So'nggi bosqich joriy yilning 25-aprelida bo‘lib o‘tdi. Bu bosqichda ishtirokchilar erishgan yutuqlari va o‘zlarining ustunlik tomonlarini namoyon qilishdi.
 
🔴Ular orasidan esa, eng kuchli 10 talik tanlab olinadi va ularga bir yillik to'lov kontrakt, bir yillik a'lo baxolik stipendiya, pul mukofotilari, turli qimmatbaxo sovg‘alar hamda kompaniyada stajirovka o'tash uchun sertifikatlar topshiriladi. 
Tanlov javoblari 30-aprel kuni sayt (https://kafil.uz/uz/grand-form)  orqali taqdim etiladi.