Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

“KAFIL-SUG‘URTA GRANTI” — IQTIDORLI YOSHLAR UCHUN KATTA IMKON!

news_in

25.09.2025

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “KAFIL-SUG‘URTA GRANTI” tanlovi boshlandi!

 

Bu tashabbus O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan eng bilimdon va intiluvchan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning iqtisodiyot va IT sohalaridagi bilim va ko‘nikmalarini yangi bosqichga olib chiqish uchun yo‘lga qo‘yilgan.

 

Ishtirok etishi mumkin bo‘lgan OTMlar:

 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU

 INHA universiteti

 Xalqaro Vestminster universiteti

 Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

 Osiyo Xalqaro universiteti

 Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

 ISFT instituti

 va boshqa OTMlar

 

Tanlov bosqichlari:

25-sentabr – 10-oktabr: hujjatlarni elektron shaklda topshirish.

27–30-oktabr: suhbat o‘tkazilib, bilim, salohiyat va rejalarga baho beriladi.

 

G‘oliblarni nimalar kutmoqda?

 “KAFIL-SUG‘URTA” maxsus stipendiyasi

 Kompaniyada amaliyot o‘tash imkoniyati

 Ishga joylashish imkoniyati

 

 Bu grant nafaqat moddiy qo‘llab-quvvatlash, balki yoshlarning nazariy bilimini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladigan noyob imkoniyatdir!

 

 Natijalar “KAFIL-SUG‘URTA” AJ rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.

 https://kafil.uz/storage/employee-files/September2025/0nKTZMGhk64T3i99mDbd.pdf