Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

“KAFIL-SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining DIQQATIGA! HURMATLI AKSIYADORLAR!

news_in

02.06.2025

 

“KAFIL-SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining DIQQATIGA! HURMATLI AKSIYADORLAR!

"KAFIL-SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi 2025- yil 26- iyun kuni, soat 10:00 dan boshlab, Toshkent shahri, Mustaqillik shox ko‘chasi, 59-uyda joylashgan Jamiyat bosh ofisida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

Yig‘ilish kun tartibi:

1.   “KAFIL-SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyatining sanoq komissiyasi soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2.   “KAFIL-SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

3.   “KAFIL-SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyatining 2024- yil faoliyati yakunlari bo‘yicha Kuzatuv kengashi hisobotini eshitish.

4.   “KAFIL-SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyatining 2024- yil faoliyati yakunlari bo‘yicha Boshqaruv hisobotini eshitish.

5.   “KAFIL-SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyatining 2024- yil faoliyati yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini, jumladan buxgalteriya balansini, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotini va auditorlik tashkilotining xulosasini tasdiqlash.

6.   “KAFIL-SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyatining 2024- yil va 2025- yil 1-chorak faoliyati yakuni bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.

7.   “KAFIL-SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash va (yoki) qayta saylash.

8.   “KAFIL-SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruvi a’zolari bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish.

9.   “KAFIL-SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini (ustav kapitalini) qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish  yo‘li bilan o‘z kapitali hisobidan ko‘paytirish, qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish haqida qaror qabul qilish, qo‘shimcha chiqarilayotgan aksiyalarining joylashtirish tartibi va muomalaga kiritish shartlarini belgilash hamda Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash.

10.             “KAFIL-SUG’URTA” aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuv kengashi tomonidan ma’qullangan affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlarni ko‘rib chiqish va kelgusida jamiyat tomonidan joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda affillangan shaxslar bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash.

 

“KAFIL-SUG’URTA” AJ Kuzatuv kengashining 2025- yil 29- may kungi majlisi qaroriga asosan, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri 2025- yil 26- iyun kuni holatiga hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar reyestri 2025- yil 29- may kuni holatiga tuziladi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2025- yil 26- iyun kuni soat 09:00 dan 10:00 gacha davom etadi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi videokonferens-aloqa tarzida o‘tkazilsa, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Yig‘ilish o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot, unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan yuqoridagi manzilga va quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishish mumkin.

 

Tel: 998 (71) 237-33-26

E-mail: info@kafil.uz

Jamiyat Kuzatuv kengashi