“KAFIL-SUG‘URTA” AJ 14th Annual International Finance Awards 2026 doirasida birdaniga ikki nufuzli nominatsiya bo‘yicha g‘olib deb topildi.
🥇 Fastest Growing Non-Life Insurance Company – Uzbekistan 2026
— O‘zbekistonda eng tez rivojlanayotgan umumiy sug‘urta kompaniyasi
🥇 Best Digital Insurance Experience – Non-Life – Uzbekistan 2026
— O‘zbekistonda umumiy sug‘urta yo‘nalishida eng yaxshi raqamli sug‘urta tajribasini taqdim etuvchi kompaniya
Ushbu xalqaro e’tiroflar “KAFIL-SUG‘URTA” AJning barqaror o‘sishi, zamonaviy raqamli yechimlarni izchil joriy etishi, xizmatlar sifatini oshirib borishi hamda mijozlar uchun qulay va zamonaviy sug‘urta tajribasini yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarining yana bir yorqin tasdig‘idir.
Mazkur yutuq kompaniyaning O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi mustahkam o‘rni bilan bir qatorda, uning xalqaro miqyosdagi nufuzi va e’tirofi tobora yuksalib borayotganini ham namoyon etadi.
Batafsil:
https://awards.internationalfinance.com/award-winners/winners-of-insurance-awards-2026/