Yangilik 28.10.2026

ZARARLAR QOPLANDI!

ВЫПЛАТЫ ПРОИЗВЕДЕНЫ!

Yo‘l-transport hodisalari kutilmagan moddiy zararlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda sug‘urta polisi moliyaviy yo‘qotishlarni qoplashda ishonchli himoya bo‘lib xizmat qiladi.

1-holat

Fuqaro F.S. boshqaruvidagi “BYD SEAGULL” rusumli avtomobil fuqaro O.M. boshqaruvidagi “TRACKER-2” rusumli avtomobil bilan to‘qnashishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Mazkur hodisa yuzasidan avvaldan rasmiylashtirilgan sug‘urta polisi asosida “TRACKER-2” rusumli avtomobilga yetkazilgan zarar uchun 14 025 765 so‘m miqdorida sug‘urta tovoni to‘lab berildi.

2-holat

Fuqaro X.M. boshqaruvidagi “BYD SONG L 662 KM” rusumli avtomobil o‘ngga burilish vaqtida fuqaro A.M. boshqaruvidagi “LACETTI” rusumli avtomobil bilan to‘qnashishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Mazkur hodisa yuzasidan avvaldan rasmiylashtirilgan sug‘urta polisi asosida “LACETTI” rusumli avtomobilga yetkazilgan zarar uchun 13 106 643 so‘m miqdorida sug‘urta tovoni to‘lab berildi.

Mazkur 2 ta sug‘urta hodisasi bo‘yicha jami 27 132 408 so‘m miqdorida sug‘urta tovoni to‘lab berildi!

“KAFIL-SUG‘URTA” – har ehtimolga qarshi!

Telefon: +998 71 200 04 14

Do'stlaringiz bilan ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring