Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)

Yer usti transport vositalarini kompleks sug‘urta qilish

for_individuals_in

Yer usti transport vositalarini kompleks sug‘urta qilish.

KASKO — avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug‘urtalash.

Yengil va yuk avtomobillari, tirkamalar va yarim tirkamalar, avtobuslar, mikroavtobuslar, mototsikllar, qishloq xo‘jaligi va qurilish mashinalari hamda o‘ziyurar mexanizmlar va h.k.larni turli xil xavf-xatarlardan ixtiyoriy sug’urtalash.

Oddiy qilib aytganda, KASKO – bu avtomobilingiz bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplanishidir.

 

Biz nimalarni qoplaymiz?

Yo‘l-transport hodisasi (YTH)

Uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari

Tabiiy ofat natijasida yuz bergan jismoniy yo’qotilishdan yoki shikastlanishdan yuzaga kelgan zararlar

Shuningdek, begona jismning urilishi yoki ustiga qulashi, yong’in, portlash, suv toshqini va h.k.

 

Sug'urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Kompaniyaning call-markaziga (71-200-04-14) sug`urta hodisasi ro`y berganligi to`g`risida xabar bering.

Sodir bo’lgan hodisa haqida tegishli davlat organiga xabar bering .

Yo’l transport hodisasi sodir bo'lgan joydan avtomobilni siljitmang.

Ta`mirlash ishlari boshlanishidan avval shikastlangan avtotransport vositasini hodimlarimiz ko’zdan kechirishi uchun bizga xabar bering.

 Sug`urta tovoni to`lash to`g`risidagi arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilib yuboring

-sug'urta polisi

- vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan hujjatlar (qaror, ayblov xulosasi, sud qarori yoki boshqalar)

sug'urtalangan transport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi (texnik pasport)

vakolatli organlarning ekspertiza xulosalari

Tegishli organlarning vakolatli vakillari tuzgan, hodisaning ishtirokchilari va holatlari ko’rsatilgan dalolatnomalar.

pasport yoki haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxalari

xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.

*Agar kerak bo'lsa, boshqa hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.