Ko‘rinish:

Shrift o‘lchami:

XABARNOMA (Yevroprotokol)
for_individuals_in

Dastur KASKO VIP

Avtomobilni har tomonlama himoya qilish uchun kompleks sug'urta dasturi

Avtomobilingizni nafaqat yo'lda, balki uyning yonida ham kutilmagan vaziyatlardan himoya qilish.

 

Shu bilan birga, sug'urta dasturida avtoturargohdagi avtoulovga zarar yetkazish, pog'onali obyekt, to'siqlar bilan to'qnashuv, uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari, tabiiy ofatlar va boshqa ko'p narsalar mavjud.

 

Sug'urta hodisasiga nimalar kiradi

Avtohalokat, o'g'irlik yoki transport vositasining nobud bo`lishi

Tabiiy ofatlar

Shikastlanish

Yong'in, portlash

DSAGO

 

Sug'urta hodisasi yuz berganda nima qilish kerak?

Kompaniyaning call-markaziga (71-200-04-14) sug`urta hodisasi ro`y berganligi to`g`risida xabar bering.

Sodir bo’lgan hodisa haqida tegishli davlat organiga xabar bering .

Yo’l transport hodisasi sodir bo'lgan joydan avtomobilni siljitmang.

Ta`mirlash ishlari boshlanishidan avval shikastlangan avtotransport vositasini hodimlarimiz ko’zdan kechirishi uchun bizga xabar bering.

 Sug`urta tovoni to`lash to`g`risidagi arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilib yuboring

-sug'urta polisi

- vakolatli davlat organlari tomonidan berilgan hujjatlar (qaror, ayblov xulosasi, sud qarori yoki boshqalar)

sug'urtalangan transport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi (texnik pasport)

vakolatli organlarning ekspertiza xulosalari

Tegishli organlarning vakolatli vakillari tuzgan, hodisaning ishtirokchilari va holatlari ko’rsatilgan dalolatnomalar.

pasport yoki haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxalari

xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.

*Agar kerak bo'lsa, boshqa hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

 

Eslatib o'tamiz: agar zarar miqdori sug'urta summasining 5 (besh) foizidan oshmasa va zarar uchinchi shaxslar ishtirokidagi baxtsiz hodisa, yong’in, portlash natijasida kelib chiqmasa, yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarni taqdim etish shart emas.