Ijtimoiy Targ'ibot
Press-Reliz
20.06.2025
“Global Banking & Finance Review” jurnali “KAFIL SUG‘URTA” kompaniyasini “O‘zbekistonda eng tez rivojlanayotgan umumiy sug‘urta kompaniyasi – 2021” deb e’tirof etdi.
Ko‘plab nomzod sug‘urta tashkilotlari ichidan "KAFIL SUG’URTA" kompaniyasining mazkur yo‘nalishdagi faoliyati ochiq ma’lumotlar asosida tahlil qilingan va o‘rganilgan.
"Global Banking and Finance Awards" 2011-yilda Buyuk Britaniyada ro‘yxadan o‘tgan "Global Banking & Finance Review" jurnali tomonidan global moliyalashtirish jarayonida sodir bo‘layotgan muhim o‘zgarishlarni tan olish uchun tashkil etilgan.
Ushbu onlayn jurnal o‘quvchilarini jahondagi nufuzli koorporatsiya prezidentlari, yirik kompaniyalar bosh direktorlari, moliya direktorlari, yuqori darajadagi rahbarlar va moliya sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan shaxslar tashkil etadi.