Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 16.06.2025

😊 "KAFIL-SUG‘URTA" kompaniyasi xodimlari sug‘urta sohasidagi bilim va malakasini muntazam ravishda oshirib bormoqda.

propaganda Banner

2025-yil iyun oyida "Moliyaviy tahlil" departamenti direktori Usmonov Azizbek Albek o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi.

Ushbu kurs "Sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta zahiralarini shakllantirish va ularning samaradorligini baholash" mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, hisob-kitoblarni xalqaro mezonlar asosida yuritish hamda sug‘urta rezervlarini to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha amaliy bilimlarni qamrab olgan.

✅ Usmonov Azizbek Albek o‘g‘li mazkur yo‘nalishdagi nazariy va amaliy bilimlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirib, rasmiy sertifikat bilan taqdirlandi.

📊 Mazkur natija kompaniyamizning ichki moliyaviy nazorat, tahlil va rezervlar bilan ishlash jarayonlarini yanada samarali yo‘lga qo‘yishda muhim o‘rin tutadi.

🎯 "KAFIL-SUG‘URTA" sug‘urtada mas’uliyatli yondashuv va yuqori malakaga ega mutaxassislar faoliyatini o‘zining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: