Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 10.06.2025

😊 “KAFIL-SUG‘URTA" AJ SUG'URTA KOMPANIYASI XORAZMDA!

propaganda Banner

Joriy yil iyun oyida “KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan Xorazm viloyatining Xiva shahrida uch kunlik tadbirlar tashkil etildi. Tashrif kompaniyaning 21 yilligi munosabati bilan o‘tkazilib, sug‘urta madaniyatini targ‘ib qilish, moliyaviy savodxonlikni oshirish va xodimlar salohiyatini mustahkamlashga qaratildi.

Tadbirlar doirasida:
🌟 Xivada yangi, zamonaviy filial binosi ishga tushirildi;
🌟 Soha vakillari ishtirokida kengaytirilgan seminar o‘tkazildi;
🌟 Xodimlar uchun tarixiy joylarga sayohatlar tashkil etildi;
🌟 Bog‘ot tumanida ehtiyojmand bolalar uchun sunnat to‘yi marosimi o‘tkazildi;
🌟 “Farovon” majlislar zalida kompaniya faoliyatiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing: