“KAFIL-SUG‘URTA” AJ VA TYSERS: XALQARO HAMKORLIKNING YANGI ISTIQBOLLARI
2026-yil 24-noyabr kuni “KAFIL-SUG‘URTA” AJ Bosh ofisida Buyuk Britaniyaning xalqaro sug‘urta va qayta sug‘urtalash brokerlik kompaniyasi — TYSERS vakillari bilan ishbilarmonlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
❤️ 1820-yilda Londonda tashkil etilgan TYSERS kompaniyasi 200 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, Lloyd’s xalqaro sug‘urta bozorining yetakchi brokerlaridan biri hisoblanadi.
🤝 Uchrashuv davomida tomonlar sug‘urta va qayta sug‘urtalash sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro qayta sug‘urtalash bozori imkoniyatlaridan foydalanish hamda risklarni samarali boshqarish masalalari yuzasidan muzokaralar olib bordilar.
Xususan, TYSERS kompaniyasi tomonidan taklif etilgan obligator qayta sug‘urtalash himoyasini tashkil etish imkoniyatlari va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
❤️ Mazkur uchrashuv “KAFIL-SUG‘URTA” AJning xalqaro ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va qayta sug‘urtalash salohiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan strategik faoliyatining davomi hisoblanadi.