“KAFIL-SUG‘URTA” AJ VA PERFECT UNIVERSITY: TA’LIM VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakili Perfect University talabalari uchun tashkil etilgan mahorat darsida ishtirok etdi. Tadbir universitetning Iqtisodiyot kafedrasi va Karyera markazi hamkorligida tashkil etildi.
“Sug‘urta – ijtimoiy himoya va aholi farovonligini ta’minlashning muhim moliyaviy mexanizmi” mavzusidagi mashg‘ulotni kompaniyaning “KAFIL-EXIM” filiali menejeri Jo‘rayev Asadbek Po‘latovich olib bordi.
Uchrashuv davomida sug‘urtaning iqtisodiyotdagi o‘rni, moliyaviy himoyadagi ahamiyati va sohaning amaliy jihatlari hayotiy misollar asosida tushuntirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
“KAFIL-SUG‘URTA” AJ yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.