Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 17.11.2026

“KAFIL-SUG‘URTA” — YOSHLARNING KASBIY RIVOJLANISHI YO‘LIDA!

propaganda Banner

Yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida “KAFIL-SUG‘URTA” AJ vakillari Andijon davlat chet tillari institutida tashkil etilgan “Karyera kuni” tadbirida ishtirok etdilar.

💼 Mazkur tadbirda Kompaniyamizning Boshqaruv raisi o‘rinbosari – Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori U. Djanturaev hamda Andijon viloyati filiali direktori v.v.b. U. Gafurov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar.

Uchrashuv davomida talabalarga sug‘urta sohasi, Kompaniyamiz faoliyati, kasbiy rivojlanish, amaliyot o‘tash hamda ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning kasbiy qiziqishlari, kelajakdagi maqsadlari va tashabbuslari yuzasidan fikr almashildi.

📚 Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda sug‘urta sohasidagi istiqbolli kasbiy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

“KAFIL-SUG‘URTA” yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish va kelajakning malakali mutaxassislarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratadi.

“KAFIL-SUG‘URTA” – har ehtimolga qarshi!

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring