SO‘XDA YONG‘INDAN KO‘RILGAN ZARAR “KAFIL-SUG‘URTA” TOMONIDAN QOPLANDI!
📍 Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida yuz bergan yong‘in oqibatida fuqarolardan birining xonadoniga moddiy zarar yetgan.
✅ Avvaldan rasmiylashtirilgan sug‘urta polisi asosida “KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan yetkazilgan zarar uchun sug‘urta tovoni to‘lab berildi.
🎥 Mazkur voqea So‘x televideniyesining «Паёми рӯз» axborot ko‘rsatuvida keng yoritildi. Ko‘rsatuv davomida Jamiyatning Farg‘ona viloyati filiali direktori M. Hakimov sug‘urta himoyasining ahamiyati va zararni qoplash jarayoni haqida ma’lumot berdi.
🤝 Xonadon egalari esa ko‘rsatilgan moliyaviy yordamdan mamnun ekanliklarini bildirib, “KAFIL-SUG‘URTA” AJga samimiy minnatdorlik izhor etdilar.