TRANSPORT VA LOGISTIKA SOHASIDA YANGI ISTIQBOLLAR!
📍 Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida 10–12-noyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan “TransLogistica Uzbekistan 2026” 22-xalqaro transport va logistika ko‘rgazmasiga “KAFIL-SUG‘URTA” AJning Toshkent shahar filiali direktori A. Sharifjonov boshchiligidagi xodimlar tashrif buyurdilar.
🤝 Tashrif davomida Jamiyat xodimlari transport va logistika sohasidagi zamonaviy yechimlar, innovatsion texnologiyalar hamda xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishib, sohadagi rivojlanish tendensiyalari va istiqbolli yo‘nalishlarni o‘rgandilar.
🌐 Mazkur nufuzli xalqaro ko‘rgazma transport infratuzilmasi, yuk tashish va logistika xizmatlari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarni bir maydonda jamlab, o‘zaro tajriba almashish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash hamda yangi hamkorlik imkoniyatlarini kashf etish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.
✅ Bunday xalqaro tadbirlarda ishtirok etish Jamiyat uchun transport va logistika sohasidagi sug‘urta ehtiyojlarini chuqurroq o‘rganish, korporativ mijozlar bilan hamkorlik istiqbollarini kengaytirish hamda zamonaviy bozor talablariga mos sug‘urta yechimlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“KAFIL-SUG‘URTA” — Har ehtimolga qarshi!