SUG‘URTA MADANIYATINI OSHIRISH — YOSHLAR BILAN HAMKORLIKDAN BOSHLANADI!
Bugun, 3-noyabr kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida «KAFIL-SUG‘URTA» AJ vakillari tomonidan talaba-yoshlar uchun sug‘urta sohasiga bag‘ishlangan uchrashuv va mahorat darsi o‘tkazildi.
📌 Tadbir «KAFIL-SUG‘URTA» AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari — Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori U. Djanturayev hamda Farg‘ona viloyati filiali direktori M. Hakimov boshchiligida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning sug‘urta sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida sug‘urta madaniyatini shakllantirish, sug‘urtaning kundalik hayotdagi ahamiyati va moliyaviy xavflardan himoyalanishdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.
📈 Shuningdek, yoshlarga sug‘urta sohasidagi kasbiy imkoniyatlar, zamonaviy sug‘urta xizmatlari hamda sohaning rivojlanish istiqbollari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
😊 Mazkur uchrashuv yoshlarning sug‘urta sohasiga oid bilimlarini kengaytirish, ularni ushbu yo‘nalishga qiziqtirish hamda ta’lim muassasalari bilan amaliy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.