Ijtimoiy Targ'ibot Press-Reliz 21.10.2026

JIZZAXDA SUG‘URTA SAVODXONLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI!

propaganda Banner

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ Jizzax viloyati filiali direktori A. Sultonov boshchiligida Jizzax shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurildi.

Tashrif doirasida ta’lim muassasasi o‘qituvchilari uchun “Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash” sug‘urta turi bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga mazkur sug‘urta turining ahamiyati, kutilmagan baxtsiz hodisalar yuz berganda taqdim etiladigan moliyaviy himoya imkoniyatlari hamda sug‘urta qoplamasini olish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, sug‘urta xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari muhokama qilindi.

✅ “KAFIL-SUG‘URTA” AJ aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini rivojlantirish va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini izchil davom ettirmoqda.

Matbuot uchun materiallar (Media Kit)

Maqolani ulashing:

Aloqa

Savol va takliflaringiz paydo bo'lsa biz bilan bog'laning yoki ariza qoldiring